Gollivud aktyori Leonardo di Kaprioni Federal qidiruv byurosi xodimlari Malayziyaning 1MDB davlat fondidan mablag‘ o‘g‘irlanishi haqidagi ish bo‘yicha so‘roq qildi, deb yozadi “Korrespondent.net” Shveysariyaning Le Temps nashriga tayanib.
O‘g‘riliklarga aloqadorlikda di Kaprioning xayriya tashkilotini gumon qilishdi, ammo aktyorning o‘ziga ayblov e’lon qilinmadi.
1MDB’ni 2009-yilda Malayziyadagi infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish uchun tashkil qilishgan, biroq 2015-yilda undan 3,5 milliard dollarni chiqarib ketishgani, fond esa 11 milliard dollar qarzga botgani ma’lum bo‘ldi.
Shu oy AQSh adliya vazirligi Di Kaprioni 1MDB’dan pul o‘g‘irlashga aloqador qiluvchi ba’zi faktlarni o‘z ichiga olgan ma’ruzani e’lon qildi. Aktyor, masalan, shov-shuvga aralashib qolgan moliyachi Jou Lou va “Uoll-stritlik bo‘ri” filmini suratga olgan studiya asoschilari bilan tanish.
Aktyorning tashkiloti — Di Kaprio fondi esa 1998-yilda atrof-muhit ifloslanishi va global isish masalalari bilan shug‘ullanish uchun tuzilgan.
Izoh (0)