AQSh energetika vazirligining mamlakatdagi yoqilg‘i zaxiralari hajmi to‘g‘risidagi hisoboti kutilishi asnosida neft narxi asta-sekin ko‘tarilib bormoqda. Tahlilchilar mamlakatda neft zaxiralari 600 ming barrelga oshishi, benzin zaxiralari 1,1 million barrelga kamayishini kutmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Londonning ICE Futures birjasida 31-avgust, chorshanba kuni oktabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 0,1 foizga (0,05 dollar) oshib, bir barreli uchun 48,42 dollargacha ko‘tarildi.
Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) oktabrga yetkaziladigan WTI turidagi neft narxi ham shu kuni ertalab 0,09 foizga (0,04 dollar) oshib, bir barreli uchun 46,39 dollarga yetdi.
Izoh (0)