2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining qur’a tashlash marosimi 5-dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ESPN nashriga tayanib Sportbox xabar berdi.

Manbaning yozishicha, dastlab Kanada va Meksikadagi bir nechta shaharlar ham marosimga mezbonlik qilish uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqilgan. Biroq turnir tashkiliy qo‘mitasi yakunda Las-Vegas shahrini tanlagan. Qayd etilishicha, ushbu shahar ilgari ham, aniqrog‘i, 1994-yilda AQShda o‘tkazilgan Jahon chempionati qur’a tashlash marosimiga mezbonlik qilgan.
Bu galgi marosim dunyodagi eng zamonaviy arenalardan biri — “Sfera”da o‘tkazilishi kutilmoqda. Arena o‘z bag‘riga 17,5 ming tomoshabinni sig‘dira oladi va 50 ming kvadrat metr maydonni egallagan ulkan LED-ekran bilan jihozlangan.
Ma’lumot uchun, 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati tarixda ilk bor uch davlat — AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida tashkil etiladi. Musobaqada jami 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham tarixda ilk bor mundial yo‘llanmasiga ega chiqqan.
Izoh (0)