Papua – Yangi Gvineya qirg‘oqlarida 31-avgust, chorshanba kuni 6,7 magnitudali kuchli yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti silkinishining epitsentri Namatanai shahridan 39 kilometr sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i 499 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Tabiiy ofat oqibatida qurbon bo‘lganlar, vayronalar hamda sunami kelish xavfi haqida hech qanday ma’lumot kelmagan.
Izoh (0)