Turkiya hukumati Istanbul politsiya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Husayn Chapkinni Anqara 15-iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinishni tashkillashtirganlikda ayblayotgan islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gyulen harakatiga aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Anadolu agentligi prokuraturadagi manbasiga tayanib yozishicha, Chapkin mamlakat g‘arbidagi Izmir shahri tashqarisida hibsga olingan va Istanbulga keltirilgan. Ushbu tekshiruv doirasida Istanbuldagi tumanlardan birining rahbari ham qo‘lga olingan, uning ism-sharifi oshkor etilmayapti.
Istanbul prokuraturasi Gyulen tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 35 nafar jurnalistni hibsga olish haqida order berdi. Ularning to‘qqiz nafari o‘sha kuniyoq qo‘lga tushdi, 18 nafari mamlakatdan qochib ketdi, yana sakkiz nafarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)