Ispaniyalik sayyoh Kabarda-Balkariya tog‘larida halok bo‘ldi. Bu haqda FVV Elbrus qidiruv-qutqaruv otryadi navbatchisi Aslan Kurdanov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Tyutyu-su tog‘i yon-atrofida dengiz sathidan taxminan uch ming metr balandlikda Ispaniya fuqarosi toqqa chiqish paytida pastga qulab ketdi va halok bo‘ldi. U besh—yetti kishidan iborat guruh tarkibida bo‘lgan, dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ulardan to‘rt nafari chet ellik bo‘lgan”, — dedi u.
Qutqaruvchilar hali sayohatchilargacha yetib borolmadi. Qidiruv-qutqaruv otryadining to‘qqiz nafar xodimidan iborat guruh Moskva vaqti bilan 5:00 da hodisa joyiga yo‘l oldi. Yo‘l yaqin bo‘lmaganligi sababli ular alpinistlarga 5—6 soatdan so‘ng yetib borishi mumkin.
Izoh (0)