Braziliyaning San-Paulu shahrida prezident Dilma Russeff lavozimidan chetlatilishiga qarshi norozilik namoyishlari chog‘ida 4 kishi qo‘lga olindi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Tartibsizliklar davomida namoyishchilar shahar markaziy ko‘chalarida avtomobil rezinalarini yoqib yubordi. Ular olib kelingan politsiya binosi oldida olomon to‘plangan bo‘lib, odamlar hibsga olinganlar ozod qilinmaguncha tarqalish niyatida emas.
Braziliya oliy federal sudi raisi Rikardu Levandovskiga ko‘ra, hozirda parlamentda bahs ketayotgan prezidentga nisbatan impichment masalasida yakuniy qaror 31-avgust, chorshanba kuni chiqariladi.
Ovoz berishda 81 nafar senator ishtirok etadi. Dilma Russeff lavozimidan chetlatilishi uchun 54 kishining buni yoqlab ovoz berishi talab etiladi.
Izoh (0)