KXDRda mamlakat yetakchisi Kim Chen In buyrug‘iga binoan ikki nafar yuqori mansabli amaldor qatl etildi, deya xabar bermoqda “TASS” Janubiy Koreyaning “Chunan ilbo” gazetasiga tayanib.
Uning manbalariga ko‘ra, sobiq qishloq xo‘jalik vazirligi Xvan Min va ta’lim vazirligida yuqori lavozimni egallagan Ri Yon Chjin omma oldida zenit qurilmasidan o‘qqa tutilgan. “Qatl Kim Chen Inning shaxsiy buyrug‘i bilan Pxenyan Harbiy akademiyasi hovlisida amalga oshirildi”, — deb yozadi nashr.
Xvan Minning otilishiga “Shimoliy Koreya yetakchisi uning takliflaridan norozi bo‘lgani sabab bo‘lgan, ularni Kim Chen In shaxsiy da’vat deb qabul qilgan”. Qatl qilinganlardan ikkinchisi esa, go‘yoki majlis chog‘ida Kim Chen In nutq so‘zlayotganida uxlab qolgan. “U darhol hibsga olingan va qizg‘in so‘roq qilingan, so‘ng korrupsiyada ayblangan”, — deb yozadi “Chunan ilbo”.
Izoh (0)