Indoneziyada 145 yoshga kirgan qariya topildi. Bu haqda Independent manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hujjatlarga ko‘ra, Mbax Goto 1870-yil 31-dekabrda tug‘ilgan. Agar ekspertlar ularning haqiqiy ekanligini tasdiqlasa, Goto sayyoramizda yashagan eng keksa kishi deb topiladi. Hozirda bu maqom 1997-yili 122 yoshida qazo qilgan fransiyalik Janna Kalmanga tegishli.
Indoneziyalik qariyaning aka-uka, opa-singil, xotin va bolalari o‘lib ketgan. Salomatligining mazasi yo‘q, shu sababli radio eshitish bilan kun o‘tkazadi. Uzoq umr ko‘rish siri haqidagi savolga esa “sabr-toqat” deya javob beradi.
Izoh (0)