Toshkent shahrida 29-avgust, dushanba kuni tongda bir qator yangi avtomobil yo‘llari transport vositalari harakati uchun ochildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Nurafshon ko‘chasining “Tinchlik” metro bekatidan Chilonzor Oqtepa maydoniga qadar cho‘zilgan 4 kilometrlik yangi bo‘lagi bo‘ylab avtomobillar qatnay boshladi.
Muqimiy ko‘chasi va Shota Rustaveli ko‘chasi ustidan qurilib, sobiq To‘qimachilik zavodi hududi bo‘ylab Nukus ko‘chasiga olib chiquvchi yangi yo‘l o‘tkazgich ham to‘liq ochilgan.
Nomlari zikr etilgan ko‘chalar bo‘ylab harakatning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan, Toshkentda uchinchi halqa yo‘li paydo bo‘ldi. Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov ko‘chalari bilan birga, uning umumiy uzunligi 22 kilometrni tashkil etadi.
Taraqqiyot ko‘chasi orqali endi Ohangaron yo‘liga bevosita o‘tish mumkin. Yangi uch kilometrli yo‘l Tokshent mexanika zavodi oldidan o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)