Toshkent va Namangan viloyati ziyoratchilari Namangan — Madina yo‘nalishi bo‘yicha Madina shahriga yetib keldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aeroportda mehmonlarni ishchi guruh vakillari kutib olib, avvaldan hozirlangan mehmonxonaga joylashtirdi. Ular muborak qadamjolarga ziyorat uyushtirishni boshladi.
Ziyoratchilar Madina shahrida barcha namozlarni Masjidu Nabaviyda o‘qimoqda.
Izoh (0)