O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) teleradioefirlarga chet ellik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini joylash uchun litsenziya huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha import shartnomalarini tuzish huquqiga ega bo‘ldi, bunda tender savdolari o‘tkazilmaydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 23-avgustdagi qaroriga muvofiq, shartnomalar tuzishga MTRK badiiy kengashi qarorlari asos bo‘ladi.
Badiiy kengash tuzgan xorijiy ishlab chiqaruvchilar teleradiomahsulotlari ro‘yxatini MTRK raisi tasdiqlaydi. Rais uning milliy urf-odatlar va umummilliy madaniy qadriyatlarga mosligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Litsenziyali huquqni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq xarajatlar MTRKning ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Izoh (0)