“Suriya muxolifati” deb ataluvchi qurolli guruhlar, shuningdek, tinch aholining bir qismi to‘rt yil davomida Suriya hukumat qo‘shinlari qamali ostida bo‘lgan Damashq tashqarisidagi Darayya shahridan evakuatsiya qilingach, Suriya arab armiyasi uni o‘z nazorati ostiga oldi. Bu haqda AFP Suriya harbiylari doirasidagi manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
“Suriya armiyasi Darayyani to‘liq nazorat qilmoqda, uning askarlari butun shaharni egallagan. Bu yerda muxolifatdan birorta ham qurolli kishi yo‘q”, — dedi manba.
Suriya davlat televideniyesi xabar qilishicha, Suriya hukumati va “muxolifatchilar” o‘rtasida erishilgan “kelishuv shartlariga ko‘ra tinch aholi, qurolli kishilar va ularning oilalari evakuatsiya qilingach, Darayya ishi yopildi”. Kadrlarda shahar ko‘chalari bo‘ylab yurgan armiya mashinalarini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)