Sirdaryo viloyatida tirkamali yuk mashinasi va Nexia avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Muallifning yozishicha, hodisa Sirdaryo viloyati ma’muriy markazi — Guliston shahridan chiqish joyida yuz bergan, biroq aynan qachon yuz berganiga aniqlik kiritmagan.
“Odamlar, har qanday holatda ham ehtiyot bo‘ling. Mazkur avariya natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana biri og‘ir ahvolda yotibdi”, — deb yozgan xabar muallifi.
Hodisa aynan qanday yuz bergani noma’lum. Foydalanuvchilarning yozishicha, tirkamali yuk mashinasi ruxsat etilmagan joyda qayrilib olayotgan vaqtda, Nexia katta tezlikda o‘tib ketishga urinib, yuk mashinaga borib urilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)