Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida bedarak yo‘qolgan besh yoshli bolakay o‘lik holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, 17-avgust kuni O‘rta Chirchiq tumani IIB navbatchilik qismiga 2001-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2020-yilda tug‘ilgan o‘g‘li 16-avgust kuni yashash xonadonidan noma’lum sabablarga ko‘ra chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganini ma’lum qilib, uni topishda amaliy yordam so‘ragan.
Voqea joyiga O‘rta Chirchiq tuman prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, tuman IIB boshlig‘i va boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, 16-avgust kuni bedarak yo‘qolgan bolakayning murdasi 18-avgust kuni tumandan oqib o‘tuvchi ariqdan topilgan. Murda ko‘zdan kechirilganda uning tanasida hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.
Izoh (0)