Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 27,73 so‘mga ko‘tarilib, 12 524,92 so‘m bo‘ldi;
- yevro 32,39 so‘mga oshib, 14 630,36 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,25 so‘mga ko‘tarilib, 155,96 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun tushib, 12 497,19 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgan.
Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.
Izoh (0)