Kobul shahridagi Afg‘oniston Amerika universitetiga bir guruh jangarilar hujum uyushtirdi. Bu haqda, CBS telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, dastlab bino yaqinida portlash ro‘y bergan. Terrorchilar universitet darvozasini portlatib yuborgani taxmin qilinmoqda. Shundan so‘ng otishma ovozlari eshitila boshlangan.
Binoda bir necha yuz talaba, shuningdek, bir qancha amerikalik o‘qituvchilar bor edi. Ayni paytda jangarilar universitet binosida, talabalar va o‘qituvchilarning taqdiri esa noma’lum.
Izoh (0)