Rio-de-Janeyro Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng Toshkentga qaytib kelgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari shaharning qaysi ko‘chalaridan olib o‘tilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Sportchilar Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sharof Rashidov va Navoiy ko‘chalaridan o‘tib, Milliy olimpiya qo‘mitasi binosigacha boradi. Bino oldida ularni ko‘plab muxlislar kutib oladi.
Ilgari ma’lum qilinganidek, minglab odamlar Rio–2016 qahramonlarini kutib olish uchun ko‘chalarga chiqdi. Toshkentda odamlar piyoda va mashinalarda bayroq ko‘targanicha sportchilarni kutib olmoqda. Shaharda bayramona kayfiyat hukm surmoqda.
Izoh (0)