Jizzax 22-avgust kuni O‘zbekiston viloyat markazlari orasida eng salqin shahar bo‘ldi. “O‘zgidromet” markazi ma’lumotiga ko‘ra (pdf), shu kuni shaharda havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi +33 darajadan oshmagan.
Havo harorati +37 darajagacha ko‘tarilgan Navoiy, Qarshi va Termiz shaharlari esa, aksincha, O‘zbekistonning 22-avgustdagi eng issiq shaharlari bo‘ldi.
Shu kuni Nukus, Urganch, Samarqand shaharlarida eng yuqori havo harorati +34 darajani, Toshkent, Guliston, Andijon, Namangan shaharlarida +35 darajani, Buxoro va Farg‘ona shaharlarida +36 darajani tashkil etdi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida salqin iqlim sharoiti saqlanib qoldi — Qamchiq dovonida harorat +21 darajada, Chimyonda +24 darajadan oshmadi.
22-avgust kuni va 23-avgustga o‘tar kechasi Ulug‘nor, Namangan, Pop, Farg‘ona, Qo‘qon shaharlarida biroz yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatildi.
Qoraqalpog‘istonning Jasliq hududida esa eng kuchli shamollar kuzatildi — bu yerda shamol soniyasiga 27 metr tezlik bilan esdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)