23-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Mustaqillik bayrami arafasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Shahar va qishloqlarning sanitariya holati, ko‘chalarning yoritilishi bilan bog‘liq holatlar ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q.
2. 1-sentabrdan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari oshadi. 1-sentabrdan kuchga kiradigan yangi narxlar avvalgidan taxminan 15 foizga balandroq.
3. Toshkentda qurilish: Muqimiy — Shota Rustaveli kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich 27-avgust kuni tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
4. Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali yuk poyezdlari harakatlanmoqda. Temir karvonlarda asosan neft va neft mahsulotlari, kimyoviy mineral o‘g‘itlar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga yetkazib berilmoqda.
5. Yaponiyada uchuvchisiz uchar qurilmalar qariyalarga mahsulotlar yetkazib berishni boshlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya hukumati tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha xususiy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kelasi yil byudjetiga kiritmoqchi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)