O‘zbekistonda 24-avgust, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 24-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +18...+20 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +20...+25 daraja, qolgan barcha hududlarda +18...+23 daraja iliq bo‘ladi.
Chorshanba kuni kunduzi esa mamlakatning tog‘li joylarida +20...+25 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +35 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +36 darajagacha, qolgan hududlarda +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)