Filippinda iyul oyi boshidan beri kamida 1779 kishi narkokartellarga qashi kurash davomida halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sinxua” agentligiga ko‘ra, Filippin senati so‘roviga binoan milliy politsiya rahbari Ronald de la Rosa shunday raqamlarni keltirgan. Uning aytishicha, 712 kishi politsiya operatsiyalari chog‘ida o‘ldirilgan, 1067 nafar fuqaro esa narkotiklarning noqonuniy savdosiga aloqador turli sindikatlar qurboni bo‘lgan. De la Rosa politsiya “suddan tashqari qotilliklar”ni jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishini ma’lum qildi.
“O‘z-o‘zini himoya haqidagi qonun talablarini buzganlikda ayblangan har qanday politsiyachi tergov qilinadi, sud muhokamasi va tegishli jazoga tortiladi”, — deya ta’kidlagan politsiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Filippin prezidenti Rodrigo Duterte rasmiy Manila narkosavdoga qarshi kurashayotgan uslublar BMT tomonidan tanqid qilinayotgani sababli mamlakat xalqaro tashkilotni tark etishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Izoh (0)