Shimoliy Gretsiya tog‘larida o‘suvchi Bosniya qarag‘ayi Yevropadagi eng qadimiy tirik organizm bo‘lib chiqdi. Uning dendroxronologiya yordamida aniqlangan yoshi 1075 yilni tashkil etdi. Bu haqda Stokgolm universiteti press-relizida ma’lum qilingan.
Ko‘hna daraxt boshqa uzoq yashovchi qarag‘aylar qatori Bolqon yarim oroli g‘arbidagi Pinda tog‘iga uyushtirilgan Gretsiya va Shvetsiya ekspeditsiyasi davomida topildi. Daraxt qadimgi grek jonlanuvchi tabiat ma’budasi sharafiga Adonis deb ataldi.
Taqqoslash uchun, 941-yili, qarag‘ay hali yosh bo‘lganida Vizantiya imperiyasi gullab-yashnagandi. Adonis 500 ga to‘lganida (1441-yil) Gretsiya hududini usmonli turklar bosib olgan. 1941-yili, daraxt mingga kirganida esa mamlakat Germaniya, Italiya va Bolgariya tomonidan egallangan.
Izoh (0)