Filippin BMTni tark etmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Perfekto Yasay ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Xalqaro tashkilotdan ko‘pdan-ko‘p afsuslanayotganimizga qaramay, biz BMTga intilamiz. Undan chiqish haqidagi bayonot ushbu chuqur afsus va tushkunlik ifodasidir”, — deya ta’kidlagan siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Filippin prezidenti Rodrigo Duterte rasmiy Manila narkosavdoga qarshi kurashayotgan uslublar BMT tomonidan tanqid qilinayotgani sababli mamlakat xalqaro tashkilotni tark etishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Izoh (0)