Daryo

Filippin prezidenti mamlakat BMTni tark etishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

BMT Manilani narkosavdoga aloqadorlikda gumon qilingan kishilarning sud hukmisiz o‘ldirilishiga chek qo‘yishga chaqirgandi

1 daqiqa o‘qish7 080 ko‘rishlar0 izoh0
Rodrigo Duterte. Foto: EPA

Filippin prezidenti Rodrigo Roa Duterte rasmiy Manila narkosavdoga qarshi kurashayotgan uslublar BMT tomonidan tanqid qilinayotgani sababli mamlakat xalqaro tashkilotni tark etishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda, The Guardian manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Rodrigo Duterte. Foto: EPA

Duterte, shuningdek, BMTni ochlik va terrorchilik muammolarini yechishdagi urinishlari yetarli emasligi, Suriya va Iroqdagi tanglikni bartaraf etishga imkon topolmayotgani uchun tanqid qildi. Prezidentning fikricha, xalqaro tashkilot o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalarini bajarish o‘rniga jinoyatchilar haqida qayg‘urmoqda.

Oldinroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha ekspertlari Filippinni narkosavdoga aloqadorlikda gumon qilingan kishilarning sud hukmisiz o‘ldirilishiga chek qo‘yishga chaqirgandi. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, bunday qotilliklar soni Duterte shu yil may oyida Filippin prezidenti etib saylanganidan beri oshib ketgan. G‘arb matbuoti ularning soni 900 ga yaqin ekanligini bildirmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar