Turkiyaning Gaziantep shahridagi to‘yda amalga oshirilgan terakt qurbonlari soni 53 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq 50 kishi xudkush hujumi qurboni bo‘lgani bildirilgandi.
Hozircha hech bir terrorchi guruh mazkur terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. Oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on teraktni yoshi 14 dan oshmagan o‘smir amalga oshirganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)