Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski transferidan voz kechdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi yozgi transfer oynasida 36 yoshli polshalik futbolchini xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan. Biroq Levandovski Kataloniya klubini tark etishni istamagan. Shuningdek, “Barselona” rahbariyati ham futbolchi bilan shartnoma uzaytirishi mumkin. Yakuniy qaror esa futbolchining yangi mavsumdagi o‘yiniga bog‘liq bo‘ladi.
“Al-Hilol” keyinchalik e’tiborini “Liverpul” hujumchisi Darvin Nunyesga qaratdi va u bilan 2028-yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi. Aynan shu holat klubning Levandovskini xarid qilish fikridan qaytardi.
Avvalroq polshalik futbolchining jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Sababi “Barselona” rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Markus Reshfordni ijaraga oldi. Bu holat Levandovskining o‘yin amaliyotiga ta’sir qilishi mumkin. Shu bois, shartnomasi yakunlangach, hujumchi klubni tark etishi ehtimoli mavjud.
- Levandovskining amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha mo‘ljallangan.
- Hujumchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 42 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
- Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholangan.
Izoh (0)