24-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun Burkina-Faso futbolchilari Toshkent shahriga yetib keldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Telegram’dagi kanali.
Afrika qit’asi termasining Toshkentda qilgan birinchi ishi Xalqaro aeroport fonida esdalik uchun rasmga tushish bo‘ldi.
Avvalroq O‘FF sayti O‘zbekiston — Burkina-Faso o‘yini uchun chiptalar sotuvga chiqqani haqida xabar qilgandi. Ular ikki toifaga ajratilgan bo‘lib, narxlari 15 va 30 ming so‘mdan ko‘rsatilgan.
“Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladigan o‘yin uchun chiptalar “Paxtakor” kassalarida sotiladi. Uchrashuv 24-avgust kuni 20:00 da start oladi.
Izoh (0)