Rio—2016 Olimpiadasining 97 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchilari o‘rtasidagi turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Magomed Ibragimov bronza medali yo‘lida dastlabki qadamni tashladi.
Magomed Ibragimov bronza medal uchun dastlabki bahsda eronlik Rizo Yozdoniyga qarshi gilamga chiqib, bahs taqdirini 20 soniyadayoq hal qildi. U mazkur bahsda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Magomed Ibragimov bronza medal uchun hal qiluvchi bahsda ukrainalik Valeriy Andriysevga qarshi kurash olib boradi. Mazkur bahsdagi g‘alaba Ibragimovni bronza medal egasiga aylantiradi.
Izoh (0)