Riodagi Olimpiada o‘yinlari davomida talonchilik qurboni bo‘lganini bildirgan amerikalik suzuvchi Rayan Loxte yolg‘on gapirgani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Mast edim, o‘zimni yosh boladek tutdim. Ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ydim. Men ham oddiy odamman va chindan ham bu xatodan afsusdaman”, — ta’kidladi olti karra Olimpiya chempioni NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Riodagi o‘yinlarning suzish dasturi yakunlaganidan so‘ng Loxte u va AQSh terma jamoasining yana uch nafar a’zosiga yoqilg‘i quyish stansiyasida qurolli talonchilar hujum qilganini da’vo etgandi. Biroq mazkur da’volar tasdig‘ini topmadi va suzuvchilar hech qanday tunash bo‘lmaganini tan olishiga to‘g‘ri keldi.
Sportchi NBC telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida Olimpiada tashkilotchilari, barcha braziliyaliklar, muxlislar va terma jamoadagi sheriklaridan uzr so‘radi.
Izoh (0)