Vyetnam Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarga o‘z raketa qurilmalarini yashirincha tarzda joylashtirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Vyetnam Spratli arxipelagidagi orollarga raketani ishga tushiruvchi qurilmalarni maxfiy ravishda yetkazgan, u yerda ular beshta bazaga joylashtirilgan. Xabarlarga ko‘ra, qurilmalar jangovar shaylik holatiga ikki yoki uch kun ichida keltirilishi mumkin.
Ushbu choralar Xitoyning bahsli orollar hududidagi harbiy ishtirokiga qarshi turish maqsadida ko‘rilgan. Harbiy kuzatuvchilar ta’kidlashicha, bu Vyetnam tomonidan Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarda mustahkamlanish uchun qo‘yilgan o‘n yil ichidagi eng ahamiyatli qadamdir.
Vyetnam tashqi ishlar vazirligi ushbu axborotni “mujmal” deb atadi va izohlardan bosh tortdi. Mudofaa vazirligi vakili davlat mamlakatning suveren chegaralari doirasida har qanday hududga istagan mudofaa vositalarini yetkazish uchun qonuniy huquqqa ega ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)