Yaponiyada 71 yil avval 70 mingdan 100 minggacha kishini hayotdan olib ketgan Xirosimadagi AQSh atom bombardimoni qurbonlari xotirasi bir daqiqali sukut bilan yodga olindi. Shahar markazida joylashgan Tinchlik bog‘idagi xotirlash marosimiga o‘n minglab mahalliy fuqaro, siyosat va jamoat arboblari, 91 davlatdan kelgan delegatsiya vakillari to‘plandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
1945-yil 6-avgustda bomba portlatilgan payt — mahalliy vaqt bilan 08:15:01 da hisobi qo‘ng‘iroq jarangi bilan yuritilgan bir daqiqali sukut e’lon qilindi. Undan oldin mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe, Xirosimi meri Kadzumi Matsui va jamoatchilik tashkilotlari vakillari Tinchlik bog‘i markazidagi yodgorlikka sariq va oq gullardan iborat gulchambar qo‘ydi.
Xirosima shahri ma’muriyatiga ko‘ra, o‘tgan yil mobaynida bombardimon qurbonlari ro‘yxatiga 5511 yangi nom kiritilib, ularning jami soni 303 195 kishiga yetgan.
Izoh (0)