“VKontakte” foydalanuvchisi Mik Ketov Ramzan Qodirov uslubidagi tvitlarni yaratadigan neyron tarmoqni o‘ylab topdi, deb yozadi N+1. Ular Twitter’dagi maxsus kanalda e’lon qilib boriladi.
Muallif so‘zlariga ko‘ra, neyrotarmoqni yaratishga uni DeepDrumpf loyihasi ilhomlantirgan. Bu mashinali o‘qitish tizimi bo‘lib, AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp debatlari stenogrammasi asosida tvitlarni “ishlab chiqaradi”. Qodirov juda ko‘p sonli nutqlari va ijtimoiy tarmoqlardagi postlari tufayli rossiyalik siyosatchilar orasidan tanlab olindi, uning gaplari neyrotarmoqni o‘qitish uchun keng material beradi.
Matn ishlab chiqarish tizimini yaratish uchun Rossiyaga xos versiya muallifi DeepDrumpf yaratuvchilari kabi char-rnn algortimidan foydalandi. Bunda mashq sifatida Qodirovning haqiqiy blogidagi matnlar terib-terib olinadi.
Izoh (0)