Facebook asoschisi Mark Sukerberg kompaniya tarixidagi eng katta va texnik jihatdan ilg‘or laboratoriya ochilishini e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Kelgusi 10 yil davomida hamma narsaga qo‘l uramiz — Oculus virtual reallik ko‘zoynaklaridan tortib quyosh batareyalarida ishlaydigan samolyotlargacha”, — deya yozgan Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Sukerbergga ko‘ra, Facebook’da doim har bir jamoa uchun laboratoriyalar bo‘lgan, biroq yangi laboratoriya muhandislar birgalikda ishlashi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos markazga aylanadi.
Izoh (0)