2007-yildan beri Zika virusi yuqtirilishi holatlari 68 davlat va hududda qayd etildi. Bu haqda 4-iyul, payshanba kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“68 mamlakat va hudud 2007-yildan beri Zika virusining chivinlar tomonidan tarqatilishi holatlari haqida ma’lum qildi. Ulardan 65 tasida bu 2015 va 2016-yillarda kuzatilgan. AQShda esa bunday hodisa ilk bor 29-iyulda qayd etildi. Fevral oyidan beri 11 davlatda Zika virusining odamdan odamga yuqishi kuzatildi”, — deyiladi tashkilot byulletenida.
14 mamlakat va hudud JSSTni virus yuqtirilishi tufayli chaqaloqlarda mikrotsefaliya va markaziy asab tizimi rivojlanishi bilan bog‘liq boshqa nuqsonlar qayd etilgani haqida xabardor qildi.
Izoh (0)