AQSh prezidenti Barak Obamaning kenja qizi Natasha (qisqacha Sasha) oilaning sevimli restoranida ishlaydi. Bu haqda Boston Herald nashriga tayanib, “Bigmir.net” xabar bermoqda.
15 yoshli Sasha Massachusets shtatidagi Martas-Vinyard orolchasida joylashgan “Nensi” nomli baliq restoraniga ishga kirdi. Uning navbatchiligi 07:30 da boshlanib, 4 soatdan keyin – 11:30 da tugaydi.
Sasha kassa apparatida ishlaydi. Shuningdek, u ekspress-darchada ovqat berish va stollarni yig‘ishtirish bilan shug‘ullanadi.
Prezident qizining xavfsizligi uchun olti nafar maxsus xizmat agentlari mas’uldir. Ular restoran yaqinidagi yo‘ltanlamasda navbatchilik qiladi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Barak Obama “Nensi” restorani xo‘jayini bilan yaqin aloqada bo‘lgani uchun ham uning qizi shu yerda ishlaydi.
Izoh (0)