Pokistonning yirik shaharlaridan biri Karachida hududni daydi hayvonlardan tozalash dasturi doirasida mingga yaqin it zaharlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shaharning barcha tumanlarida mahalliy xizmatlar bartaraf etishi lozim bo‘lgan it murdalari to‘planib yotibdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hafta davomida mingga yaqin it o‘ldirildi, hali shaharning olti tumani bo‘yicha to‘liq hisobot olinmadi. Itlardan tovuq go‘shtiga solingan zaharli dorilar yordamida xalos bo‘linmoqda.
Jonivorlarning o‘ldirilishi hayvonlar himoyachilari tomonidan tanqidga uchradi. Biroq shahar ma’muriyati vakili Muhammad Zohidning aytishicha, bu majburiy chora bo‘lib, daydi itlar aholi uchun xavf tug‘dirmoqda: 2015-yili itlar 6500 kishini tishlagan bo‘lsa, joriy yilda 3700 ta shunday holat qayd etildi.
Izoh (0)