Telegram bir guruh eronlik xakerlar messenjerga buzib kirishga muvaffaq bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda dasturning rasmiy saytida aytiladi.
Ta’kidlanishicha, bir guruh kishilar ba’zi Eron raqamlari Telegram’da ro‘yxatdan o‘tgan-o‘tmaganini aniqlashtirishga uringan, ular buni 15 millionta akkaunt uchun tasdiqlab bergan. “Natijada faqat ommaga ko‘rinadigan ma’lumotlar to‘plandi… Akkaunt telefon raqami orqali yaratilishi tufayli, har qanday tomon u tizimda ro‘yxatdan o‘tgan-o‘tmaganini nazariy jihatdan tekshirib ko‘rishi mumkin”, — deyiladi xabarda. WhatsApp va Messenger kabi boshqa messenjerlar ham shunga o‘xshash tartibda ishlaydi.
Avvalroq eronlik xakerlar dunyodagi eng himoyalangan messenjerlardan biri hisoblanmish Telegram’dagi o‘ndan ortiq akkauntni buzib kirib, Erondagi 15 million foydalanuvchining telefonlariga daxl qilishga erishgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)