Indoneziya hukumati mamlakat maktablarida mashhur Pokemon Go o‘yinini o‘ynashga taqiq qo‘yadi, deb xabar beradi “TASS”.
“O‘quv muassasalariga o‘yin o‘rnatilgan smartfonlarni olib kelishni taqiqlovchi farmoyish tayyorlab qo‘yilgan”, – deya ma’lum qildi Ayollarning huquqini kengaytirish va bolalarni muhofaza qilish vaziri Yoxana Susana Yembise.
“Bunday o‘yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga zarar yetkazishi, ularni erinchoq qilishi mumkinligi uchun shunday choralar qo‘llayapmiz”, – deya qo‘shimcha qildi vazirlik rahbari, ammo taqiq qachon kuchga kirishiga oydinlik kiritmadi.
Yoxana Susana Yembise bolalarda boshqa qobiliyatlarni rivojlantiruvchi xobbilar izlashni taklif qildi.Avvalroq Indoneziya prezidenti saroyi, politsiya shtab-kvartirasi hamda Mudofaa vazirligi muassasalarida pokemonlarni ovlash rasman taqiqlangandi.
Izoh (0)