Londonning ICE Futures birjasida oktabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neftning bir barreli narxi 3-avgust, chorshanba kuni ertalabki savdolar chog‘ida 41,83 dollardan iborat bo‘ldi. Nyu-Yorkda esa sentabrda yetkaziladigan WTI turidagi neftning bir barreli 39,6 dollarga baholandi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bozor AQSh energetika vazirligi ma’lumotlari va ularda o‘tgan hafta yakunlari bo‘yicha neft hamda benzin zaxiralari pasaygani aks etishini kutmoqda. 2-avgust, seshanba kuni e’lon qilingan Amerika neft instituti (API) manbalariga ko‘ra, 29-iyul kuni yakuniga yetgan hafta mobaynida mamlakatdagi neft zaxiralari 1,3 million, benzin zaxiralari esa 450 ming barrelga kamaygan. The Wall Street Journal nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan tahlilchilar esa AQShda neft zaxiralari 900 ming va benzin zaxiralari 300 ming barrelga kamayishini kutmoqda.
Izoh (0)