Pekinlik faol Chjay Yanmin “davlat hokimiyatiga putur yetkazishga harakat” uchun uch yillik qamoq jazosiga (hukm ijrosi to‘rt yilga kechiktirilishi sharti bilan) hukm qilindi va 4 yilga siyosiy huquqlardan mahrum etildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Hukm Shimoliy Xitoyning Tyanszin shahri sudi tomonidan chiqarildi. Sud qarorida 55 yoshli Chjay Yanmin uch nafar sherigi bilan davlat hokimiyatiga putur yetkazishni rejalashtirgani va bu maqsadga erishish uchun mafkura, uslub va aniq qadamlarni ishlab chiqqani bildirilgan. U aybini tan olgani va apellyatsiya berish niyati yo‘qligi aytilmoqda.
G‘arb OAVlari manbalariga ko‘ra, Chjay Yanmin qator xitoylik dissidentlar, jumladan, mashhur rassom Ay Veyvey ustidan sud jarayonlaridagi ishtiroki bilan tanilgan Pekinning Fengrui yuridik kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Izoh (0)