Qozog‘istonning Jambil viloyatida “Xalqaro armiya o‘yinlari — 2016” musobaqasiga tayyorgarlik doirasida “Gvardeyskiy” poligonidagi mashg‘ulotlar chog‘ida minomyot portlashi natijasida angolalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.
Angola Qurolli kuchlari harbiy xizmatchisi oddiy askar Fransishko Jorj harbiy gospitalga joylashtirilib, operatsiya qilingan, ammo harbiy shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
27-iyul kuni “Gvardeyskiy” harbiy poligonida Angola jamoasi mashg‘ulot o‘tkazayotgan paytda 120 millimetrli minomyot o‘qi portlab ketgan. Oqibatda bir kishi og‘ir yaralangan, yana bir necha harbiy xizmatchi yengil shikastlanishlar olgan.
Izoh (0)