AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimi Kun Shan Chan sudda Xitoy rasmiylariga maxfiy ma’lumotlar yetkazganiga iqror bo‘ldi va o‘zini aybdor deb tan oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Changa ko‘ra, u 2011—2016-yillarda josuslik bilan shug‘ullangan. U xorijiy davlatga yetkazgan ma’lumotlar FQB agentlari safarlari rejalari, maxfiy hujjatlar suratlaridan iborat bo‘lgan. Chan joriy yil martida bir necha moddalar bilan ayblanib, hibsga olindi. Jumladan, u mahalliy hukumat bilan bog‘liq Xitoy texnologiya kompaniyasi bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlarni yashirishda ayblandi.
46 yoshli Kun Shan Chan (uni Joui Chan deb ham atashgan) Xitoyda tug‘ilgan va keyinchalik AQSh fuqaroligini olgan. 1997-yildan beri Federal qidiruv byurosida ishlagan Chan sudda qilmishlari uchun uzr so‘radi.
Izoh (0)