Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Buryatiya Respublikasining Tunkinskiy tumanida noma’lum shaxslar kasalxona binosini qurshab olishga urindi, deb yozadi “RBK”.
Ichki ishlar vazirligining respublika bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, kasalxona bemorlari va xodimlari binoda “o‘nga yaqin fuqaro qamal qilingani” tufayli, u yerga kira olmagan. Voqea joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelib, tushuntirish ishlarini olib bordi.
Natijada davolash jarayoni qayta tiklandi, vaziyat nazorat ostiga olindi. Ayni paytda IIV ushbu fakt bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda, uning natijalariga qarab noma’lum shaxslar xatti-harakatlariga qonuniy baho beriladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxonadagi ixtilof xo‘jalikni yurituvchi subyektlarning mol-mulk ustidagi kelishmovchiligidan kelib chiqqan.
Mahalliy OAVlar yozishicha, kasalxona binosiga niqob kiyib, avtomat va pichoqlar bilan qurollangan 25 ga yaqin kishi bostirib kirgan.
Izoh (0)