AQSh Rossiya va Suriya hukumatini Suriyada hujum operatsiyalarini o‘tkazishdan tiyilishga chaqirmoqda, buning evaziga muxolifatga shu maqsadda ta’sir o‘tkazishni va’da qilmoqda, deb yozadi “Interfaks”.
“Rossiyaning o‘zi hujum operatsiyalarini o‘tkazishdan tiyilib, Asad rejimini ham tiyib turishi g‘oyatda muhim ekanligi, bizning vazifamiz esa muxolifat bunday operatsiyalarga aralashmasligiga erishishdan iboratligi tushunarli”, — dedi AQSh davlat kotibi Jon Kerri 1-avgust, dushanba kuni. Ushbu bayonotni u Kolumbiya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha matbuot anjumanida berdi.
Suriyadagi voqealar rivojini Pentagondagilar ham izohladi. Ular Amerika harbiy muassasasi Suriyadagi rossiyalik harbiylar bilan axborot almashmayotganligi va bundan keyin ham bunday bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)