Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish natijasida mamlakat iqtisodiyoti 100 milliard dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda Turkiya Bojxona va savdo vaziri Byulent Tyufenkchi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, barcha harbiy samolyot, vertolyot, qurol-yarog‘, bomba va zararlangan binolarni inobatga olsak, bu kamida 300 milliard lira (taxminan 100 milliard dollar)ga aylandi”, – deya Byulent Tyufenkchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Hurriyet gazetasi.
Bojxona va savdo vaziri gap faqatgina dastlabki hisob-kitoblar haqida ketayotganiga urg‘u berib o‘tdi. Yetkazilgan zarar miqdori oshishi mumkinligi qayd etilmoqda.
Byulent Tyufenkchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish oqibatida xorijdan ko‘plab buyurtmalar bekor qilindi, sayyohlar esa Turkiyaga tashrif qilishni bosh tortdi.
Izoh (0)