Qozog‘istonning Ostona shahrida uch yoshli bola turar-joy binosining beshinchi qavatidan qulab tushib, tirik qoldi. Bu haqda Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, Kazakhstan Today xabar bermoqda.
“Ostona shahrining Sariarka tumanida yosh bola ishtirokidagi baxtsiz hodisa qayd etildi. Besh qavatli turar-joy binosida ota-onasining nazoratisiz qolgan 2013-yilda tug‘ilgan bola beshinchi qavatdan qulab ketdi. Shundan so‘ng u shifoxonaga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mita avval ham bir necha marta qozog‘istonliklarni ogohlikka chaqirgan. Boshqarmaning ma’lumotlariga qaraganda, bolalar bilan bog‘liq fojiali holatlarning aksariyati ota-onalarning e’tiborsizligi oqibatida yuz beradi.
Izoh (0)