Eronlik xakerlar dunyodagi eng himoyalangan messenjerlardan biri hisoblanmish Telegram’dagi o‘ndan ortiq akkauntni buzib kirib, Erondagi 15 million foydalanuvchining telefonlariga daxl qilishga erishdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kiberhujum o‘tgan yil sodir etilgan bo‘lib, bu haqda Reuters endi ma’lum qildi.
Mustaqil ekspertlar — Kolin Anderson va “Xalqaro amnistiya” huquq tashkiloti texnologi Klaudio Gvarniyeri ma’lumotlariga qaraganda, Telegram akkauntlari xavfsizligi buzilishi bilan bog‘liq 12 holat qayd qilingan. Xakerlar eronlik huquq himoyachilari, jurnalistlar va bir qator amaldorlarning messenjerlaridagi yozishmalarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)