Suriya hukumati avgust oxirida Jenevada bo‘lib o‘tadigan mamlakat ichki muzokaralarida qatnashishga tayyor. Bu haqda BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi o‘rinbosari Ramzi Ezeldin Ramzi Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallimga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
“Vazir janoblari Suriya hukumati o‘z qarorida qolib, avgust oxirida kutilayotgan muzokaralarda ishtirok etishini tasdiqladi”, — dedi Ramzi. U 31-iyul, yakshanba kuni Damashqqa rasmiy tashrif bilan kelgan hamda Muallim va uning o‘rinboari Feysal Mikdad bilan uchrashgan edi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvlarda BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Miksturaning ushbu Yaqin Sharq mamlakatidagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha yangi taklifi muhokama qilindi.
Izoh (0)