AQSh davlat kotibi Jon Kerri Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro bilan Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Suriyaning Aleppo shahridagi vaziyat yuzasidan xavotir bildirdi, deb yozadi “Vedomosti” davlat departamenti vakili Jon Kirbiga tayanib.
“Kerri Aleppodagi vaziyat yuzasidan bizning chuqur xavotirimizni, uni hal etish bo‘yicha harakatlarimizni, shuningdek, jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimini amalga oshirishni yaxshilash va BMT rahbarligi ostida muxolifat va Asad rejimi o‘rtasida muzokaralarni qayta boshlash uchun imkoniyat yaratish haqidagi takliflarning texnik tafsilotlari bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishish borasidagi Amerika-Rossiya harakatlarini muhokama qildi”, — dedi Kirbi.
Nashr eslatishicha, Alepponing sharqiy dahalarida Suriya prezidenti Bashar Asadga sodiq kuchlar tomonidan “muxolifat” deb ataluvchi qurolli qismlar qurshab olingandi.
Izoh (0)